Jahon | 16:42 / 26.05.2018
5605
1 daqiqa o‘qiladi
Neapolda dunyodagi eng uzun qovurilgan pitssa tayyorlandi
Neapolda dunyodagi eng katta pitssa tayyorlandi, uning uzunligi 7 metr va 15 santimetr keladi. 100 nafarga yaqin oshpazlar bir necha soat davomida pitssa tayyorlash bilan shug‘ullanishdi, deb xabar bermoqda TASS.
Taomning uzunligi - yetti metrdan ko‘proq. Xamirni qorish uchun 80 kilogrammdan ko‘proq un talab etildi. Shuningdek, yana 50 kilogramm pishloqdan ham foydalanildi.