Husiychilar arab koalitsiyasiga zarba berdi
Yaman prezidenti Abd Rabbo Mansur Hodiyning harbiylari husiychilar tomonidan uchirilgan raketa zarbasiga yo‘liqdi. Bu haqda «Al-Masira» telekanali xabar bermoqda.
Husiychilarning raketa guruhi Yamanning g‘arbiy qismidagi Toiz provinsiyasi hududiga ballistik raketa uchirgan. Qayd etilishicha, harbiylar joylashgan nuqtaga M-2 tipidagi raketa kelib tushgan.
Hujum oqibatidagi talofatlar haqida ma'lumotlar yo‘q.
Bundan oldinroq, 10 may kuni noma'lum tomondan uchib kelgan raketa Yaman qirg‘oqlari yaqinida turgan Rossiya yuk kemasiga yetib kelgandi. Raketa 50 ming tonna bug‘doy turgan bo‘lmaga tushgandi.
Yamanda 2014 yil kuzidan buyon fuqarolik urushi davom etmoqda. Bir tomonda husiychilar (shialarning «Ansor Alloh» guruhi) va mamlakatning sobiq prezidentiga xayrixoh bo‘lgan armiya, ikkinchi tomonda mamlakatning hozirgi prezidenti, sunniylar yetakchisi Abd Rabbo Mansur Hodiy va Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya urushmoqda.
Mavzuga oid
11:20
AQSh Yamandagi husiychilarning qurol omborlariga zarba berdi
10:40 / 31.10.2024
Husiychilar Qizil va Arab dengizlarida uchta kema nishonga olingani haqida xabar berdi
13:10 / 26.10.2024
Rossiya husiychilarga Qizil dengizda nishonlarni mo‘ljalga olishga yordam bergan - OAV
10:00 / 18.10.2024