«Alberto» tropik po‘rtanasi Floridaga yopirildi
«Alberto» subtropik po‘rtanasi AQShning Florida shtati qirg‘og‘iga yopirildi. Bu haqda RIA «Novosti» Qo‘shma Shtatlar Dovullarni kuzatish bo‘yicha milliy markaziga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, shamolning maksimal tezligi soatiga taxminan 72 kilometrni tashkil etmoqda.
Avvalroq, «Alberto» dovuli mamlakat iqtisodiyotiga 1 mlrd dollarlik zarar yetkazishi mumkin ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
Aniqlik kiritilishicha, mintaqaga bevosita yetkazilgan zarar miqdori taxminan 400-500 mln dollarni tashkil etadi. Ekspertlar o‘z hisob-kitoblarida daraxtlar tufayli zarar ko‘rgan avtomobillar, uylarning tomi va suv toshqini oqibatlarini nazarda tutgan.
Shuningdek, ma'lum bo‘lishicha, Alabama shtati gubernatori Key Ayvi «Alberto» dovuli tufayli favqulodda holat e'lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikaga «Alberto» po‘rtanasi yaqinlashayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
00:09 / 01.09.2024
Florida kutubxonalarida Heminguey va Tolstoy asarlari taqiqlanayotgani ma’lum bo‘ldi
18:50 / 05.08.2024
Florida sohillariga «Debbi» to‘foni yopirildi
07:39 / 16.07.2024
Florida sudi Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha ishini yopdi
19:40 / 03.10.2022