Sport | 12:55 / 30.05.2018
22843
2 daqiqa o‘qiladi

Kariusni mazax qilishmoqda

Foto: Sport Ekspress

Italiya uchinchi divizionida (C seriya) ishtirok etuvchi «Rimini» klubi prezidenti «Liverpul» darvozaboni, YeChL finalidagi xatolari tufayli mag‘lubiyat bosh sababchisiga aylangan germaniyalik darvozabon Loris Karius bilan bog‘liq vaziyatga kinoya bilan yondashdi. «Real»ga qarshi final uchrashuvida mersisaydliklar jamoasi darvozabon xatosi tufayli 2 gol o‘tkazgan, yakunda 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi.

«Biz unga oyoqqa turishida yordam bermoqchimiz. Kariusni «Rimini»ga taklif etishni istardik. Biz juda mehmondo‘stmiz.

Hamma ham xato qiladi. Uning omadi kelmadi. U millionlab odamlar ko‘z o‘ngida sharmanda bo‘ldi, unga 22 iyun kuni, tug‘ilgan kunida «Rimini» nomidan 1 yillik shartnoma sovg‘a qilmoqchiman. Bu unda o‘ziga ishonchni tiklash va xotirjam bo‘lish uchun eng ideal variantdir. Ammo u shuni bilishi lozimki, bu yerda o‘ynash uning uchun sayr etish bo‘lmaydi, u bu yerda buyuk darvozabon Franchesko Skotti bilan raqobat qilishiga to‘g‘ri keladi», deya prezident Jorjo Grassining so‘zlarini keltirgan klub rasmiy sayti.

Mavzuga oid