Sport | 21:59 / 30.05.2018
12813
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiyalik hakam jahon chempionatidan chetlatildi

Foto: Laurence Griffiths/Getty Images

Saudiya Arabistoni hakami Fahad al-Mirdasiy JCh-2018 musobaqasidan chetlatildi. 

Ikki hafta oldin, 32 yoshli referi Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi tomonidan pora olganlikda ayblangan va diskvalifikatsiya qilingan edi.

FIFA hakamlar qo‘mitasi bayonotiga ko‘ra, al-Mirdasiy bundan buyon jahon chempionatida ishlash kriteriyalariga mos kelmaydi.

Al-Mirdasiyning assistentlari Hasan Al-Maxriy (BAA) va Xiroshi Yamauchi mos ravishda Muhammad Abdulla (BAA) va Ryuiji Sato (Yaponiya) brigadasidan joy oladi.

Mavzuga oid