Shavkat Mirziyoyev «Rosatom» bosh direktorini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 may kuni mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan «Rosatom» Atom energiyasi bo‘yicha davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbari mehmonni O‘zbekistonga tashrifi bilan qutlar ekan, O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari, o‘zaro manfaatli ko‘p qirrali hamkorlikni izchil mustahkamlashga xizmat qilayotgan yuqori va oliy darajadagi doimiy aloqalarni chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.
Tovar ayirboshlash hajmi, investitsiya, energetika, sanoat, transport va boshqa sohalardagi yirik loyihalar birgalikda amalga oshirilmoqda, mintaqalararo faol muloqot olib borilmoqda, madaniy-gumanitar aloqalar jadal rivojlanmoqda.
Muzokaralar davomida ilm-fan va yuqori texnologiyalar sohasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishga, istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga, ikki mamlakatning ilmiy-tadqiqot institutlari hamda innovatsion markazlari o‘rtasida yaqin hamkorlikni o‘rnatish, xususan, atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida o‘tgan yili imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi Hukumatlararo bitim doirasidagi masalalarga alohida e'tibor qaratildi.
Birgalikdagi dastur va loyihalar doirasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha muntazam ishlarni tashkil etish muhimligi ta'kidlandi.
«Rosatom» davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov samimiy qabul uchun davlat rahbariga chuqur minnatdorlik bildirdi, Rossiya Federatsiyasi rahbariyati nomidan samimiy tilaklarni yetkazib qo‘ydi.
Rossiya tomonining ikki mamlakat va xalqlar manfaati yo‘lida energetika sohasidagi keng ko‘lamli sheriklik va o‘zaro manfaatli ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qiziqishi va tayyorligi alohida ta'kidlab o‘tildi.
Mavzuga oid
19:35 / 06.10.2024
Qozog‘istonda AES qurilishi bo‘yicha referendum o‘tkazilmoqda
13:49 / 01.10.2024
“Rosatom” vakili: “Qirg‘izistonga AES albatta kerak”
07:41 / 11.09.2024
O‘zbekistonda kichik quvvatli AES loyihasi bo‘yicha ishlarni boshlash to‘g‘risida bayonnoma imzolandi
09:35 / 05.08.2024