Jahon | 10:48 / 30.05.2018
3885
1 daqiqa o‘qiladi

Soros Brexit bo‘yicha ikkinchi referendum uchun kampaniya boshlanganini ma'lum qildi

Foto: Globnews

Moliyachi Jorj Sorosning ma'lum qilishicha, Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi bo‘yicha ikkinchi referendum foydasiga kampaniyani yaqin vaqt ichida boshlamoqchi. Bu haqda The Times yozmoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Soros Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishini «har ikki tomonga yomon ta'sir qiluvchi jarayon», deb atagan.

Ta'kidlanishicha, Brexit bo‘yicha ikkinchi referendum uchun kampaniya «kelayotgan bir necha kun ichida» boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Yevroittifoqdan to‘laqonli Brexit’ni kechiktirishni so‘rashi mumkin ekani xabar berilgandi.

 

Mavzuga oid