O‘zbekiston | 19:33 / 31.05.2018
9756
2 daqiqa o‘qiladi

Evergreen Motors Group O‘zbekistonda 10ta MTM qurib bermoqchi

Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati

Moliya vazirligida bosh vazir o‘rinbosari-moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning Evergreen Motors Group kompaniyasi raisi – Kim Chang Keon bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv davomida investitsiyalar sohasi hamda hamda o‘zaro hamkorlikdagi istiqbolli loyihalarning ishga tushirilishi bo‘yicha masalalar muhokama qilindi. Xususan, Seul va Toshkent shaharlarida qo‘shma biznes-markazlarning ochilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu biznes – markazlar ikki mamlakat tadbirkorlarining yangi texnologiyalarning tijoratlashtirilishiga hamda Koreya investitsiyalarining O‘zbekistondagi eksportga yo‘naltirilgan kichik va o‘rta korxonalariga jalb qilishga hissa qo‘shishiga qaratilgan.

Kim Chang Keon mamlakatda 10ta maktabgacha ta'lim muassasalarining qurilishi bo‘yicha rejalari bilan ulashdi. Bu rejalarning amalga oshirilishi maqsadida kompaniya tomonidan 12 million AQSh dollari hajmida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Uchrashuv davomida 15 xil yo‘nalishdagi bo‘limlardan iborat Sejong universitetining filiali ochilish istiqboli muhokama qilindi. Asosiy e'tibor tibbiyot yo‘nalishiga qaratildi.

Shuningdek, maktabgacha ta'lim va quruvchilik yo‘nalishlaridan iborat Puchin universitetining 2ta bo‘limini yaqin kelajakda tuzish rejalashtirilmoqda.

Mavzuga oid