Fan-texnika | 13:33 / 01.06.2018
8336
1 daqiqa o‘qiladi
AQShdagi eng mashhur saytlar e'lon qilindi
Reddit ko‘ngilochar platformasi AQShdagi eng mashhur saytlar ro‘yxatida Facebook ijtimoiy tarmog‘idan o‘tib ketdi. Bundan Amazon’ga tegishli bo‘lgan Alexa kompaniyasi tomonidan tuzilgan saytlar reytingidagi ma'lumotlar darak beryapti.
Taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, Facebook Reddit sababli to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi. Beshinchi o‘rinni Amazon egalladi. Foydalanuvchilar Reddit’da har kuni o‘rtacha 15 daqiqadan ko‘proq bo‘lishadi, Facebook’da esa - deyarli 11 daqiqa. Amazon undan ham past ko‘rsatkichni qayd etgan - yetti yarim daqiqa.
Birinchi ikki pog‘onani Google va unga tegishli bo‘lgan YouTube videoxostingi egalladi.
Mavzuga oid
22:33
AQSh Qozog‘istonda AES qurish bo‘yicha tenderda ishtirok etish istagini bildirdi
21:16 / 06.10.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, amerikaliklarni Marsga qo‘ndirishga va’da berdi
09:51 / 06.10.2024
Dollarning kelajagiga shubhalar qanchalik asosli?
23:09 / 05.10.2024