Sport | 22:45 / 01.06.2018
9400
1 daqiqa o‘qiladi
David Luiz jirafaga yem bo‘lishiga sal qoldi
«Chelsi» himoyachisi David Luiz ta'tilda vaqtini bo‘sh o‘tkazmayapti.
Futbolchi tanishlari bilan hayvonot bog‘iga tashrif buyurdi.
David daraxt novdalari bilan jirafalarni mehmon qilib, suratga tushmoqchi bo‘lganida, ulardan biri futbolchining sochini yamlab, yutib yuborishiga sal qoldi. David o‘z vaqtida o‘girilib qoldi, aks holda sochidan ayrilishi ham mumkin edi.