Sport | 01:17 / 05.06.2018
11685
1 daqiqa o‘qiladi
Baxtiyor Ashurmatov - OKMK bosh murabbiyi
Olmaliqning OKMK klubida tashkiliy masala bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda klub bosh direktori Ibrohim Yuldashev so‘zga chiqib, mavsum yakuniga qadar jamoani Baxtiyor Ashurmatov boshqarishini e'lon qildi, deb xabar bermoqda OKMK matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, mutaxassis shu paytgacha «Buxoro» klubi murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgandi. Ashurmatovga OKMK yoshlar jamoasida faoliyat olib borgan A'zam Sherg‘oziyev yordamlashadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Viktor Kumikov OKMK klubidan iste'foga chiqqan edi.
Mavzuga oid
17:00 / 30.08.2024
OKMKda Istiqlol inshootlari foydalanishga topshirildi
10:00 / 04.07.2024
OKMK: Olti oyda 1 mln kWh yashil elektr energiyasi ishlab chiqarildi
19:00 / 15.05.2024
OKMK: “HG-AMMC” MChJ qo‘shma korxonasi qurilishiga start berildi
16:01 / 27.04.2024