Sport | 00:10 / 06.06.2018
12941
1 daqiqa o‘qiladi

Eron termasi Rossiyaga tashrif buyurgan ilk jamoa bo‘ldi

Eron terma jamoasi futbolchilari va murabbiylar shtabi jahon chempionatida ishtirok etish uchun Moskvaga yetib borishdi, deb xabar bermoqda TASS.

Natijada, Eron termasi Rossiyaga tashrif buyurgan ilk jamoa bo‘ldi.

8 iyun kuni Eron terma jamoasi «Spartak» stadionida Litva bilan o‘rtqolik o‘yin o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Eron terma jamoasi JCh-2018 guruh bosqichida Marokash (15 iyun, Sankt-Peterburg), Ispaniya (20 iyun, Qozon) va Portugaliya (25 iyun, Saransk) bilan bellashadi. 

Turnir davomida eronliklar Moskva viloyatidagi Bakovka shaharchasida joylashgan «Lokomotiv» klubi qarorgohida istiqomat qilishadi.

Mavzuga oid