Ish stajini hisobga olish soddalashtirildi
Bu Vazirlar Mahkamasining 22.05.2018 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba'zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida»gi 384-son qarorida nazarda tutilgan.
Norma’ning yozishicha, hujjat bilan pensiya bo‘limi har bir yakka tartibdagi tadbirkor (bundan keyin – YaTT) uchun alohida yuritiladigan Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lanishini hisobga olishning shaxsiy kartochkasi bekor qilinmoqda. Eslatib o‘tamiz, kartochka pensiya bo‘limida doimiy ravishda saqlanar, unga sug‘urta badallari summalari va ular qaysi davr uchun to‘langanligi to‘g‘risidagi yozuvlar qayd etilar edi.
Endi pensiya bo‘limi tomonidan YaTTga (shuningdek chet elda yollangan holda ishlovchi shaxslarga, dehqon xo‘jaligi a'zolariga va oilaviy tadbirkorlik sub'yekti oila a'zolariga) faqat Sug‘urta badallari to‘lanishini hisobga olish daftarchasi ochiladi. U YaTTda saqlanadi va, bank kvitansiyalari va to‘lov hujjatlarining asl nusxalari bilan bir qatorda, badallar to‘langanligi dalilini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Shuningdek, endi YaTT uchun tadbirkorlik faoliyati asosiy faoliyat deb hisoblansa, mehnat daftarchasi pensiya bo‘limida emas, balki uning o‘zida saqlanadi. Yashash joyidagi pensiya bo‘limi YaTT faoliyati to‘g‘risidagi tegishli yozuvlarni mehnat daftarchasiga qayd etadi, xolos. Bu chet elda yollangan holda ishlovchi shaxslarga, dehqon xo‘jaligi a'zolariga va oilaviy tadbirkorlik sub'yekti oila a'zolariga ham taalluqli.
Dehqon xo‘jaligidagi mehnati yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati fuqaro uchun qo‘shimcha hisoblansa, uning mehnat daftarchasi asosiy ish joyida yuritiladi. Bu holda ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi pensiya bo‘limi tomonidan uning xohishiga ko‘ra mehnat daftarchasiga tadbirkor sifatidagi faoliyat davri to‘g‘risidagi yozuv kiritilishi mumkin.
Hujjat 24.05.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
14:31 / 13.11.2024
Xizmatda jarohat olgan harbiylarga sug‘urta to‘lovi beriladi
20:40 / 06.11.2024
AstraZeneca aksiyalari qiymati Xitoydagi tergovlar fonida tushib ketdi
17:41 / 11.07.2024
Raqobat qo‘mitasi “Inson” AJ sug‘urta tashkilotiga nisbatan ish qo‘zg‘atdi
10:31 / 30.05.2024