O‘zbekiston | 16:20 / 09.06.2018
10238
1 daqiqa o‘qiladi

Rieltorlik faoliyatiga oid o‘zgarish yuz berdi 

Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar beryapti.

“Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 

Kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, malaka sertifikatiga ega bo‘lgan har bir jismoniy shaxs malaka sertifikati olingan yildan keyingi yildan boshlab har yili emas balki, 3 yilda bir marta malaka oshirish kurslarida o‘qiydilar.

Mavzuga oid