Video: Mayk Tayson Don Kingga suv sepib yubordi
Og‘ir vazn toifasidagi sobiq bokschi Mayk Tayson o‘zining sobiq promouteri Don Kingga suv sepib yubordi. Bu holat Boks shon-shuhrati xalqaro zaliga yangi a'zolarni qabul qilish bo‘yicha tadbir vaqtida yuz berdi.
«Men xuddi yosh boladek o‘zimni tutdim. Aftidan, buni qilish kerak emasdi. Biroq, u menga qo‘li bilan tegib, yelkamga qoqib qo‘ydi.
U go‘yoki mening do‘stim ekanini aytmoqda, biroq bu yolg‘on narsa. Bugun men bu vaziyatda o‘zimni tutib tura olmadim», - deya ma'lum qilgan Tayson hodisadan so‘ng CBS Sports’ga bergan intervyusida.
Sportchining aytishicha, sobiq promouteri King uni juda ko‘p marotaba aldashga harakat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri Deontey Uaylder va Entoni Joshuani daydi, deb atagandi.
Mavzuga oid
17:23 / 04.11.2024
O‘zbekiston – World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi
09:34 / 03.11.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev og‘ir kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi
10:17 / 09.10.2024
Isroil Madrimovning keyingi raqibi va jang sanasi ma’lum qilindi
10:17 / 22.09.2024