Sport | 17:27 / 13.06.2018
21495
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya termasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Fernando Yyerro Ispaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida e'lon qilindi.

Ushbu mutaxassis 13 iyun kuni, jahon chempionati startiga bir kun qolganida iste'foga chiqarilgan Xulen Lopetegi o‘rnini egallaydi. Lopetegining iste'fosiga u chempionatdan keyin «Real»ga bosh murabbiy bo‘lishi bo‘yicha kelishuv e'lon qilingani sabab bo‘ldi. Yyerro Krasnodarda bugun kechqurun rasman yangi bosh murabbiy sifatida tanishtiriladi va shundan keyin jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazadi.

Yyerro «qizil furiya» boshqaruvida 15 iyun kuni Portugaliyaga qarshi birinchi tur uchrashuvida debyut qiladi. Yyerro 2014–2015 yillarda «Real»ni boshqargan, 2016–2017 yillarda «Ovedo» bilan ishlagan.

Qayd etish kerakki, Lopetegi atigi 3 hafta muqaddam Ispaniya terma jamoasi bilan 2020 yilga qadar amalda bo‘luvchi yangi shartnoma imzolagandi. Kutilmaganda «Real» bilan kelishuv tuzilgani Ispaniya futbol federatsiyasini g‘azablantirgan.

Mavzuga oid