Jahon | 00:10 / 14.06.2018
51182
1 daqiqa o‘qiladi
Yirik ko‘l 2 soatga qolmay bug‘lanib ketdi (video)
Gavayidagi Kilauea vulqoni lavasi Katta oroldagi Grinleyk ko‘lini 90 daqiqa ichida bug‘latib yubordi.
Ka Vay Pele nomi bilan ham ma'lum bo‘lgan ko‘l 400 yilcha avval hosil bo‘lgan.
Kilauea vulqoni otilishi may oyi boshida boshlangandi. O‘shandan beri yaqin atrofdagi odamlarni evakuatsiya qilish davom etmoqda. Biroq hozir lava qochish uchun oxirgi yo‘lni to‘sib qo‘yishi mumkin. Agar bu yuz bersa, Katta oroldan ketishning imkoni qolmaydi.
Tabiiy ofat yuzlab uylarni vayron qilgan. Aholi nafaqat lavadan, balki havoda to‘planayotgan zaharli gazlardan xavfsiramoqda. Lavaning dengiz suviga tushishi oqibatida zaharli bulut hosil bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:06 / 23.08.2024
Islandiyaning janubi-g‘arbiy qismida yana vulqon otildi
17:12 / 20.08.2024
Shveytsariya hukumati ko‘llardagi o‘q-dorilarni yig‘ib olish uchun eng yaxshi g‘oyalarga 58 ming dollar va’da qildi
20:30 / 09.08.2024
Qirg‘izistondagi 368 ta tog‘li ko‘lda yorilish xavfi borligi ma’lum qilindi
20:01 / 28.07.2024