O‘zbekiston masjidlarida hayit namozi o‘qildi
15 iyun kuni O‘zbekiston masjidlarida hayit namozlari o‘qildi.
Toshkent shahrida Hayit namozini ko‘tarinki ruhda ado etish uchun masjidlar jamoasi, huquq tartibot idoralari, nodavlat tashkilotlar xodimlari namozxonlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib berdilar.
Imom-xatiblar barchani ushbu ulug‘ bayram bilan qutlab, tinch va osuda yurtda yashayotganimiz, xotirjam ibodatlar qilayotganimiz uchun Yaratganga shukronalar aytdilar. Shuningdek, hayit bayrami fazilatlari xususida ma'ruza qildilar.
11 iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida» qarori imzolangan edi. Qarorda 2018 yil 15−17 iyun kunlari — Ramazon hayitining birinchi uch kuni bayram sifatida keng nishonlanishi belgilab qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabriklagandi.
Mavzuga oid
10:39 / 16.06.2024
100 yil oldin O‘zbekistonda Qurbon hayiti qanday nishonlangan? Arxiv suratlar
13:49 / 13.06.2024
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
19:34 / 12.06.2024
Hayit kuni Toshkentda yuk mashinalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi
15:16 / 12.06.2024