Sport | 13:36 / 16.06.2018
14339
1 daqiqa o‘qiladi

David De Xea kulgili xatosiga izoh berdi

Foto: Shutterstock

Ispaniya terma jamoasi darvozaboni David De Xea JCh-2018 guruh bosqichidan o‘rin olgan Portugaliyaga (3:3) qarshi o‘yindan so‘ng, muvaffaqiyatsizliklarga bardosh berishni o‘rganish lozimligini aytdi.

Posbon Krishtianu Ronaldu tomonidan yo‘llangan zarbadan so‘ng, xatoga yo‘l qo‘yib, to‘pni ushlab qololmagan edi.

«Muvaffaqiyat qozonishni o‘rganish uchun, omadsizlikka chidab berish zarur. Hayot davom etadi» - deb yozdi De Xea tvitter sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi navbatdagi o‘yinni 20 iyun kuni Eronga qarshi o‘tkazadi.

Mavzuga oid