Italiyalikka 30 yil avval o‘g‘irlab ketilgan mopedi qaytarildi
Italiyalik karabinerlar 1987 yilda o‘g‘irlab ketilgan mopedni egasiga qaytarishdi. Bu haqda mahalliy OAV ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, moped o‘g‘irlab ketilganda uning egasi 17 yoshda bo‘lgan, hozirda esa u 48 yoshda.
O‘tgan asrning 80-yillarida italiyalik maktab o‘quvchilarining orzusi hisoblangan Piaggio firmasi mopedi tintuv vaqtida 37 yoshli sobiq jinoyatchida aniqlangan. Havorang mopedning na davlat raqami, na hujjati bo‘lgan, biroq karabinerlar uni ramasidagi raqami orqali kimga tegishli ekanini aniqlay olishgan.
Karabinerlar mopedning asl egasi bilan telefon orqali aloqaga chiqishgan. Erkak “temir toychog‘ini” tezroq qaytarib olish uchun o‘zi yashaydigan Paviya shahridan moped topilgan Titstsano-Val-Parmagacha 150 km yo‘lni bosib o‘tishga tayyorligini aytgan.
Mavzuga oid
11:10 / 21.09.2024
O‘zbekiston va Italiya qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologiyalarni joriy etadi
10:20 / 19.09.2024
Italiyada O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari savdo uyi ochildi
11:20 / 09.09.2024
“Suvga to‘ymayotgan sigirlarim sut ham bermay qo‘ydi” – Sitsiliyada qurg‘oqchilik sabab qishloq xo‘jaligi halokat yoqasiga keldi
16:19 / 31.08.2024