Jahon | 11:13 / 18.06.2018
8503
1 daqiqa o‘qiladi
Melaniya Tramp turmush o‘rtog‘ining migratsiya siyosatini tanqid ostiga oldi
AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp turmush o‘rtog‘i – AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyatining migratsiya siyosatini tanqid ostiga oldi.
CNN’ning ma'lum qilishicha, Melaniya Tramp vakilining ta'kidlashicha, birinchi xonim noqonuniy muhojirlar farzandlarini o‘z oilalaridan ayirishayotganiga “xotirjam qaray olmaydi”. Melaniyaning fikricha, AQSh hamma nafaqat qonunga, balki “qalb amriga” amal qiluvchi davlat bo‘lishi lozim.
Birinchi xonimning aytishicha, AQSh hukumati muvaffaqiyatli migratsiya islohotini o‘tkazishga erishmog‘i lozim.
Avvalroq AQShda noqonuniy muhojirlarning 2 mingga yaqin farzandi o‘z oilalaridan ayrilganligi haqida ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
21:00 / 12.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun uy-joy ijarasi qoidalari kuchaytiriladi
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
00:11 / 12.11.2024
Niderlandiya 9 dekabrdan chegara nazoratini joriy etadi
22:00 / 08.11.2024