Sharbatlar haqida barcha haqiqatlar
Biz sharbat ichib, unda vitaminlar ko‘pligi va uning sog‘liq uchun foydali ekani haqida ko‘p gapiramiz. Biroq haqiqatda ham shundaymi? "Zdorove s Yelenoy Malyshevoy" dasturida aynan shu mavzuda foydali ma'lumotlar taqdim etildi.
Eng yaxshi tanlov - sabzavotli sharbatlar. Ularda vitaminlar, sellyulozalar, foydali moddalar, jumladan likopinlar ko‘p. Shu bilan birga, bu past kaloriyali mahsulot hamdir. Faqat shuni yodda tutingki, sharbatlarga tuz qo‘shib bo‘lmaydi, ayniqsa qon bosimi yuqori kishilarga bunday sharbatni ichish tavsiya etilmaydi.
Likopinlar bo‘yicha chempion - tomat sharbati. Aynan shu pigmentlar tufayli tomatlar qizil rangga kiradi. Likopin prostata saratoni va yurak-qon tomir kasalliklari xavfi rivojlanishini pasaytiruvchi antioksidantlarga boy.
Eng yomon tanlov - sharbatlar kokteyli. Bunday ichimliklarda qoidaga ko‘ra, tabiiy sharbatlar miqdori kam bo‘ladi. Asosiy komponentlar - bu suv va sizni yuzlab ortiqcha kaloriyalar bilan ta'minlovchi qiyom.
Olma sharbati immunitetni oshiradi. Bu sharbatda organizmning immun kuchlarini oshiruvchi A, V guruhi va S vitaminlari mavjud. Olma sharbati soch va tirnoqlar salomatligi uchun foydali bo‘lish bilan birga, keksayganda ham yaxshi xotiraga ega bo‘lish imkonini saqlab qolishga yordam beradi.
Klyukva (qizil, nordon mevali buta va uning mevasi) sharbati immunitet va peshob tizimi uchun foyda. Unda S vitamini ko‘p bo‘lib, immunitetga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Bunday mors peshob tizimi kasalliklari profilaktikasi uchun xalq vositasi hisoblanadi. Faqat bir narsani yodda tuting: unga shakar qo‘shmaganingiz ma'qul!
Chernikali mors bosh miyaga foyda. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, 12 kun davomida 2,5 stakandan chernikali mors ichgan odamlarning xotirasi sezilarli darajada yaxshilangan.
Asai mevasi sharbati antioksidantlarga boy. Olimlarning fikricha, bu yovvoyi meva sharbatida chernika, klyukva, olcha va qulupnay sharbatidan-da ko‘proq antioksidant bor ekan.
Olcha nektari yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega. Bu meva nektari o‘zining antioksidant xususiyatlaridan tashqari, yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ham ega. U shuningdek jismoniy mehnatdan so‘ng mushaklardagi og‘riqni kamaytirishga qodir.
Qizil navli uzum sharbatini albatta taomnomangizga qo‘shing. Qizil uzum sharbati insonning yurak-qon tomir tizimiga ijobiy ta'sir ko‘rsatuvchi foydali moddalar va antioksidantlarga boy.
Quritilgan o‘rik sharbatida sellyuloza ko‘p. Bu sharbat ich qotishiga qarshi ajoyib ta'sirga ega. Shuningdek bunday sharbatda temir va kaliy mikroelementlari mavjud.
Apelsin sharbati: ichaymi-ichmaymi? Albatta, bu ichimlikda immunitetni himoyalovchi S vitamini ko‘p. Yangi siqilgan apelsin sharbati kalsiy, D vitamini va antioksidantlarga boy. Shunday bo‘lsa-da, allergiyaga moyil kishilar uning iste'molini cheklaganlari ma'qul.
Mavzuga oid
17:35 / 12.10.2018
Kuzda organizmni qo‘llab-quvvatlovchi meva nomi ma'lum qilindi
22:13 / 17.06.2018
Sut iching: Foydali ichimlikdan voz kechmaslik uchun 7 sabab
00:01 / 23.05.2018
Kundalik tuxum iste'moli yurak-qon tomir kasalliklari xavfini pasaytiradi
21:50 / 20.05.2018