Jahon | 23:40 / 19.06.2018
5344
1 daqiqa o‘qiladi

Yevroittifoq qator mamlakatlarda viza siyosatini kuchaytirishi mumkin

Foto: RIA Novosti

Yevropa Ittifoqi (YeI) hukumati readmissiya masalalari bo‘yicha yetarlicha hamkorlik qilmayotgan mamlakatlarda viza berish qoidalarini kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi viza kodeksi islohotiga doir muzokaralarga start berdi. YeI Kengashi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.

Seshanba kuni YeI mamlakatlari vakillari Kengash nomidan viza kodeksiga tuzatish kiritishga doir muzokaralar mandatini ma'qullashdi. Mazkur qaror asosida Kengash Yevropa parlamenti bilan muzokaralarga kirishadi. 

"Yangilangan tartib-qoidalar YeI viza siyosatini modernizatsiyalash, xavfsizlikni oshirish va migratsion chaqiriqlarga reaksiyaning mavjud jihozlarini kengaytirish imkonini beradi", - deyiladi xabarda.

Komissiya uchinchi mamlakatlarda readmissiya masalalari bo‘yicha hamkorlikni muntazam baholab boradi. Mamlakat hamkorlik qilmay qo‘ygan holatlarda komissiya Kengashga viza cheklovlarini qo‘llashga doir aniq qaror qabul qilishni taklif etadi.

Mavzuga oid