Jahon | 21:40 / 21.06.2018
25891
1 daqiqa o‘qiladi
Intel rahbari “ishdagi ishq” sababli o‘z lavozimini tark etdi
Oxirgi 5 yil davomida Intel kompaniyasining ijrochi direktori lavozimini egallagan Brayan Krjanich iste'foga chiqdi. Uning o‘rnini kompaniyaning moliyaviy direktori Robert Svon vaqtinchalik egalladi.
Kompaniyaning ma'lum qilishicha, Krjanich ichki tergov uning kompaniya xodimlaridan biri bilan yaqin aloqada bo‘lganini tasdiqlaganidan keyin iste'foga ketishga majbur bo‘lgan. Rahbarlarning xodimlar bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lishi kompaniyaning qoidalariga zid hisoblanadi.
Ayni vaqtda kompaniya Krjanich o‘rniga nomzod izlamoqda. The Verge’ning ta'kidlashicha, 1982 yildan beri Intel’da ishlab kelgan Krjanichning biografiyasi kompaniya saytidan o‘chirib tashlangan.
Mavzuga oid
19:34 / 17.09.2024
Intel Germaniyada 30 mlrd yevrolik zavodining qurilishini to‘xtatib qo‘ydi
20:50 / 02.08.2024
Intel kompaniyasi 15 mingga yaqin xodimini ishdan bo‘shatadi
16:58 / 22.01.2024
Toshkentda Techpro DC, HP Inc. va Intel kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan “Blitz Day Tashkent 2024” yirik mintaqaviy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
11:12 / 15.12.2020