Sport | 01:05 / 24.06.2018
63314
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon chempioni Murod Xonto‘rayevga nisbatan surishtiruv boshlandi

Foto: tgchannels.com

Yakkakurash sport turining aralash turi bo‘yicha jahon chempioni Murod Xonto‘rayev bezorilik jinoyatini sodir etganlikda gumonlanmoqda. Bu haqida Kun.uz'ga Yunusobod IIB vakillari ma'lum qildi.

Murod Xonturayev 1987 yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida tug‘ilgan. 17 yoshida universal jang sport turi bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘lgan. U muvaffaqiyatlari sababli sportchilar orasida “Osiyo ayig‘i” laqabini olgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi bezorilik, ya'ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish hisoblanadi. 

Agar gumonlanuvchi bezorilikni badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazib sodir etgan bo‘lsa, 3 (uch) yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazosi bilan jazolanadi.

Mavzuga oid