O‘zbekiston | 16:02 / 26.06.2018
3415
2 daqiqa o‘qiladi

Jurnalistika universitetida “korrupsiya” va “bunker” bo‘lmaydi – Qudratxo‘jayev

26 iyun kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Vasiylik kengashining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident tashabbusi bilan tashkil etilayotgan universitet faoliyati bilan bog‘liq rejalar muhokama qilindi. Tadbirda Vasiylik kengashi a'zolari O‘zA bosh direktori Abusaid Ko‘chimov, MTRK rahbari A. Xo‘jayev, Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahliliy multimedia markazi direktori Bobur Alixonov va boshqalar ishtirok etdi.

Yangi ta'lim maskani rektori Sherzodxon Qudratxo‘jayev tadbirni ocharekan, dastavval universitet faoliyati bo‘yicha rejadagi ishlar yuzasidan axborot berdi.

Foto: Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining bakalavr yo‘nalishiga 2018/19 yilgi o‘quv yili uchun 100+30 (sirtqi) o‘rin, magistratura yo‘nalishiga 30 kvota berilganini bildirdi. 
Bundan tashqari, yangi universitet qabul jarayonida korrupsiyaga umuman yo‘l qo‘yilmaydi. 

 

 

Foto: Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

“Yangi universitetga talabalarni qabul qilishda korrupsiya, “rektorskaya gruppa” va “bunker” degan salbiy holatlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi”, - dedi Sh.Qudratxo‘jayev. 

Mavzuga oid