Instagram'ga videochat funksiyasi qo‘shildi
Instagram'ning yangilangan ilovasida videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasi paydo bo‘ldi. Platforma saytida ijtimoiy tarmoqning yangi imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot taqdim etildi.
"Endi siz Instagram Direct'da yo bir kishi, yoki guruh bilan videochat yaratishingiz mumkin. Instagram'dagi do‘stlaringiz bilan telefon raqamlarisiz iOS va Android orqali videochatga osongina ulanishingiz mumkin", - deyiladi xabarda.
Ma'lumotlarda qayd etilishicha, vaqt jihatidan chegaralanmagan yangi funksiyani bir vaqtning o‘zida to‘rt nafargacha foydalanuvchi bilan qo‘llash mumkin.
Bundan avval Bloomberg tahlilchilari taniqli ijtimoiy tarmoqni 100 milliard dollarga baholashgani haqida xabar berilgan edi. Olti yil avval Facebook korporatsiyasi Instagram platformasini uning asoschilaridan 1 milliard dollarga sotib olgan edi. Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, Instagram unga egalik qiluvchi kompaniyadan tezroq yangi foydalanuvchi va reklama beruvchilarni jalb qilmoqda.
Mavzuga oid
21:56 / 18.09.2024
Instagram o‘smirlar uchun ota-onalar nazoratidagi akkauntlarni joriy qilmoqchi
21:49 / 17.09.2024
Instagram ota-onalarning o‘smir farzandlari akkauntlari ustidan nazoratini kuchaytiradi
15:26 / 11.08.2024
Turkiyada Instagram blokdan chiqarildi
00:06 / 10.08.2024