Azmun 23 yoshida terma jamoa bilan xayrlashdi
Rossiyaning «Rubin» klubi hujumchisi Serdar Azmun 2018 yilgi jahon chempionatidan keyin Eron terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi.
«O‘z mamlakatim terma jamoasi safida o‘ynash men uchun katta sharaf bo‘ldi. Afsuski, men terma jamoa bilan xayrlishishga qaror qildim. Balki bu hayotimdagi eng og‘ir qaror edi, axir yosh futbolchi uchun terma jamoadan chaqiruv olish oson bo‘lmaydi», — deya yozgan 23 yoshli futbolchi «Instagram»dagi sahifasida.
Serdar Azmun 2014 yildan buyon Eron terma jamoasida o‘ynab kelayotgandi. U terma jamoa safida 36 o‘yin o‘tkazgan va jami 23 gol urgan.
Eron terma jamoasi JCh-2018 guruh bosqichida B guruhida uchinchi o‘rinni egalladi va turnir pley-off bosqichiga chiqa olmadi. Azmun guruh bosqichidagi 3 o‘yinda ham maydonga tushdi, lekin bitta ham gol ura olmadi. Bu o‘yinlarda Eron Marokashni yengdi (1:0), ispanlarga yutqazdi (0:1) va portugaliyaliklar bilan durang o‘ynadi (1:1).
Mavzuga oid
18:54 / 10.12.2019
JCh-2018 mezbonligi korrupsiya orqali qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin
08:19 / 04.12.2018
Infantino G20 ishtirokchilariga JCh-2018 to‘plarini sovg‘a qildi
12:53 / 09.11.2018
Ronalduning het-trigi - eng yoqimli xotira. JCh-2018ning eng esda qolarli lahzalari aniqlandi
01:41 / 25.09.2018