Namangandagi g‘alla maydonida o‘rim ishlarini olib borayotgan kombayn yonib ketdi
27 iyun kuni Namangan viloyatining Uychi tumanida “Uychi Sohibkor” agrofirmasi hududidagi “Muhammadmuso Boltaboyev” fermer xo‘jaligi g‘alla maydonida o‘rim ishlarini olib borayotgan “Uychi agrotexservis MTP” MChJga “CASE-2366” rusumli g‘alla o‘rish kombaynida yong‘in sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida kombaynning motor bo‘lmasi va haydovchi kabinasi qisman yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q.
Yong‘in kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
17:35 / 11.11.2024
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
09:30 / 07.11.2024