Jamiyat | 10:18 / 30.06.2018
11440
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda yo‘l qoidasi buzilishi yo‘lovchining o‘limiga sabab bo‘ldi

Illyustrativ foto

28 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida, Beruniy tumanida yashovchi X.R. o‘zining “Neksiya” rusumli avtomashinasini “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Qo‘ng‘irot-Beyneu” yo‘lining 563-km.da haydab ketayotib shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan O.A. boshqaruvidagi “Mersedes-Bents” rusumli yuk avtomashinasiga orqa qismiga urilib to‘qnashuv sodir etgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada “Neksiya” avtomashinasi yo‘lovchisi S.U. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid