Jahon | 20:50 / 01.07.2018
9824
1 daqiqa o‘qiladi
Hindiston shimolidagi YTH qurbonlari soni ortdi
Hindistonda yirik YTH natijasida 48 kishi halok bo‘ldi, shu bilan birga, jarohatlanganlar ko‘pchilik. "Anadolu" agentligi shu haqida xabar berdi.
Voqea Hindiston shimolidagi Uttarakxand shtatida ro‘y berdi: yo‘lovchi avtobus jarlikka quladi.
Mahalliy hukumat vakili Trivendr Ravaning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni qo‘ldan chiqargan, bundan tashqari, avtobus haddan tashqari to‘lib ketgan bo‘lgan.
Manbaga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.
Ta'kidlash joizki, Hindistonda yiliga o‘rtacha 110 ming kishi YTH natijasida halok bo‘ladi. Bunga yo‘llarning yomonligi, transport vositalarining eskirgani va boshqaruvdagi xatolar sababdir.
Mavzuga oid
19:27
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
19:10
Hindiston fond bozoridagi bum: moliyaviy inqilob shovqini risklarni yopib ketyaptimi?
20:33 / 07.11.2024
Hindistonda uch kun ichida 10 ta fil nobud bo‘ldi
01:52 / 07.11.2024