Xitoylik milliarder selfiga tushish vaqtida halok bo‘ldi
Xitoylik milliarder Van Tszyan Fransiyaga xizmat safari vaqtida selfi olishga urinish vaqtida halok bo‘ldi. Hainan Airlines (HNA) Group direktorlar kengashi raisi va hamta'sischisi bo‘lgan Tszyan balandligi 15 metr keladigan devordan yiqilib tushgan. Bu haqda kompaniyada ma'lum qilindi.
Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, voqea 3 iyulda Avinon shahri yaqinidagi Bonne kommunasida yuz bergan. 57 yoshli Tszyan atrof-manzarani tomosha qilgani va tog‘lar fonida suratga tushgani devor ustiga chiqmoqchi bo‘lgan. U birinchi urinishda devorning parapet qismiga chiqa olmagach, unga yugurib kelib chiqmoqchi bo‘lgan va undan tushib ketgan.
HNA Group’da Tszyanning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirilgan.
HNA Group havo transporti, ko‘chmas mulk, moliyaviy xizmatlar, turizm va dengiz tashuvlari sohasida faoliyat yurituvchi konglomerat bo‘lib, uning asosiy firmalari Xitoy va Osiyo mintaqasida mujassamlashgan. Konglomerat, shuningdek, Yevropa ittifoqi va AQShda ham faoliyat yuritadi.
Forbes marhum milliarderning boyligini 1,7 mlrd dollarga baholagan.
Mavzuga oid
20:58 / 12.11.2024
Fransiyadagi yirik ommaviy axborot vositalari X ijtimoiy tarmog‘ini sudga berdi
17:50 / 06.11.2024
Makron Tramp g‘alabasidan keyin Fransiya va Germaniya maqsadlarini aytdi
21:44 / 05.11.2024
Netflixʼning Parij va Amsterdamdagi ofislarida tintuv o‘tkazildi
18:52 / 05.11.2024