Google so‘nggi 10 yildagi eng katta yangiligini tatbiq qildi
Google korporatsiyasi o‘zining Play Market ilovalar do‘koniga so‘nggi 10 yildagi asosiy yangilik - shaxsiy tavsiyalar uchun sun'iy intellektni integratsiyalashtirdi.
Ekspertlarning xabar berishicha, yangilanish natijasida Google Play foydalanuvchilari o‘z qiziqishlari, yoshi, jinsi, yashayotgan mamlakati va boshqa omillarga asoslangan holda dasturlar va o‘yinlar ilovalarini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, korporatsiyada ta'kidlanishicha, kelgusida ushbu tizimni do‘konning boshqa yo‘nalishlariga ham tatbiq qilish rejalashtirilmoqda.
Endi qandaydir bir ilovaning o‘rnatilishi yoki o‘rnatilmasligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sun'iy intellekt faoliyati samaradorligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu ishlab chiqaruvchilar hamda Google korporatsiyasi daromadlariga ta'sir qiladi. Shu bois "qidiruv giganti" samarali tavsiyalar tizimi ustida maksimal uzoq ish olib bordi.
Mavzuga oid
22:30 / 04.10.2024
YouTube xatolik sabab yuzlab akkauntlarni spam va firibgarlik uchun bloklab qo‘ydi
23:20 / 03.10.2024
Bill Geyts sun’iy intellekt oldidagi uchta asosiy qo‘rquvini aytdi
20:28 / 03.10.2024
OpenAI 6,6 mlrd dollar investitsiya jalb etdi. Hozirda kompaniya 157 mlrd dollarga baholanmoqda
18:37 / 01.10.2024