O‘zbekistondan xorijga doimiy yashash uchun ko‘chganlar soni kamaydi
2018 yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda migratsiya saldosi minus 5,3 ming kishi bo‘lib, 2017 yilning mos davrida minus 9,6 ming kishi bo‘lgan. Umuman, respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 83,3 ming kishini (82,0 ming kishi respublika hududlaridan, 1,3 ming kishi xorijiy mamlakatlardan), ko‘chib ketganlar soni esa 88,6 ming kishini (82,0 ming kishi respublika hududlariga, 6,6 ming kishi xorijiy mamlakatlarga) tashkil etdi. Migratsiya saldosining yuqori darajasi Toshkent viloyatida (minus 2,6 ming kishi), Qashqadaryo viloyatida (minus 2,1 ming kishi), Qoraqalpog‘iston Respublikasida (minus 1,7 ming kishi) qayd etildi, deyiladiO‘zbekiston Statistika qo‘mitasi hisobotida.
2018 yil yanvar-iyun oylarida xorijiy mamlakatlardan doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasiga ko‘chib kelganlar soni 1292 kishidan iborat bo‘lgan bo‘lsa, doimiy yashash uchun O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlar soni 6568 kishini tashkil etgan.
O‘zbekistonga doimiy yashash uchun kelganlarning 31,6 foizi Qozog‘iston, 30,3 foizi Tojikiston, 25,2 foizi Rossiya, 2,8 foizi Turkmaniston va 2,4 foizi Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistondan doimiy yashash uchun ko‘chib ketgan 6568 kishining 46,9 foizi Rossiya, 46,2 foizi Qozog‘iston, 1,1 foizi AQSh, 0,7 foizi Tojikiston va 1 foizi Isroilga ko‘chishgan.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024