Jahon | 09:22 / 11.07.2018
14004
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp NATO sammitida ishtirok etish uchun Belgiya poytaxtiga keldi 

Foto: AFP/Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp ittifoqchilar bilan ixtilof fonida NATO sammiti bo‘lib o‘tadigan Bryussel shahriga yetib keldi, deyiladi Oq uy jurnalistlari tomonidan tarqatilgan xabarda.

Vashingtondan Bryusselga parvoz mobaynida Tramp OAV vakillari oldiga chiqmadi, lekin u NATO bo‘yicha ittifoqchilarini tanqid qilgan xabarlarini Twitter’ga faol joylab borgan. Masalan, u navbatdagi marta garchi savdo defitsiti saqlanib qolinayotgan bo‘lsa-da, AQSh Yevropa Ittifoqi tarkibidagi NATO a'zolari himoyasini ta'minlab berayotganligidan norozi ekanligini bildirgan. Tramp, shuningdek, NATO davlatlari qachon AQShning mudofaa xarajatlarini qoplab berishini so‘ragan.

Amerika prezidenti alyans bo‘yicha sheriklarni 2014 yilda Buxarestda erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, mudofaa uchun YaIMning 2 foizi miqdorida xarajatlarni oshirishga chaqirgan, aks holda NATOga a'zo davlatlar xavfsizligini ta'minlash dasturida AQShning ishtirokini qisqartirish bilan tahdid qilgan.

NATOning Bryusseldagi sammiti 11–12 iyul kunlari Vashingtonning Eron yadroviy dasturidan chiqishi, Yevropa kompaniyalariga ikkalamchi sanksiyalar joriy etishi, shuningdek, po‘lat va alyuminiy uchun bojlar joriy etishi bilan bog‘liq AQSh va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi ixtilof fonida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid