Iqtisodiyot | 11:50 / 12.07.2018
14699
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Xalq banki yuanning dollarga kursini keskin pasaytirdi

Foto: AFP/ Stringer

Xitoy Xalq banki AQSh bilan savdo bahsi doirasida 12 iyulda yuanning dollarga kursini 0,73 foizga pasaytirdi. 

AQSh Xitoy bilan savdoda katta miqdorda defitsitga ega. Vashington ko‘p marta Pekinni yuanning dollarga nisbatan qiymatini sun'iy pasaytirishda ayblagan. Yuanning dollarga nisbatan zaiflashtirilishi Xitoyning AQShga eksportini rag‘batlantiradi. Oxirgi kunlarda AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Xitoy mahsulotlariga bojlar kiritmoqda, Pekin ham o‘z navbatida aks choralar ko‘rmoqda.

12 iyulda Xitoy Xalq banki yuanning dollarga nisbatan kursini bir dollarga 6,6726 yuan darajasida o‘rnatdi, bu esa 11 iyuldagi kursdan 492 punkt ko‘proqni tashkil qilgan.

Avvalroq Xitoy yuanning kursini oz miqdorda mustahkamlab kelayotgandi, biroq oxirgi 2 hafta ichida yuan kursi pasaytirilgan. Xitoy Xalq banki ayriboshlash kursini oqilona va barqaror darajada saqlab qolishga va'da bergan.

Mavzuga oid