Sport | 13:56 / 13.07.2018
15256
6 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro Chempionlar kubogi: qachon, qayerda va kim kimga qarshi?

Foto: Getty Images

Jahon futbolidagi eng asosiy mavsumoldi turnirlar bu yil mundial sabab yo o‘tkazilmayapti, yoki bunday musobaqalar ichida eng yirigi – Xalqaro Chempionlar kubogiga qo‘shib yuborilmoqda. Ushbu kubok o‘yinlari bir haftadan so‘ng boshlanadi.

Katta daromadli anjuman

Xalqaro Chempionlar kubogi (XChK) 2014 yildan boshlab o‘tkazila boshlangan bo‘lsa, shundan buyon eng ko‘p jamoalar qatnashadigan va nufuz jihatidan ham eng yuqori o‘rinda turuvchi mavsumoldi musobaqasi hisoblanadi. Bundan tashqari, Audi kubogi, Amirlik kubogi va Osiyo Premer-ligasi kabi ramziy musobaqalar ham mavsumoldi tayyorgarligi vaqtidagi mashhur festivallardan sanaladi. Ushbu uchala turnir ham turli sabablarga ko‘ra bu yil o‘tkazilmayapti. Ularning o‘rniga XChK doirasida Audi futbol sammiti va Eysebio kubogi kabi birinchiliklar o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Yozgi taqvimda shundan boshqa tayyorgarlik musobaqalari yo‘q.

XChK ishtirokchilari har doimgidek Yevropa jamoalari bo‘ladi. Klublardan ba'zilari o‘z mintaqasida o‘yin o‘tkazishsa, ba'zilari Osiyo yoki AQShga jo‘nab ketishadi. Bu ularga xorijdagi fanatlari hisobiga mablag‘ ishlab olish imkonini beradi. Masalan, «Real», «Barselona» yoki «Manchester Yunayted» kabi klublarning Amerika yoki Uzoq Sharqdagi muxlislari nafaqat stadionlarni to‘ldirishadi, balki klub ekipirovkalari va boshqa ko‘plab turdagi mahsulotlarni ham xarid qilishadi. Xullas, mavsumoldi musobaqalari – Yevropadan tashqarida yashovchi fanatlar uchun sevimli jamoasini bevosita ko‘rish imkoni, klublar uchun esa – pul ishlash yo‘llaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Xalqaro Chempionlar kubogi – 2018 qachon va qayerda bo‘lib o‘tadi?

XChK yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng dastlabki ikki yilda barcha o‘yinlar faqat AQShda bo‘lib o‘tdi. 2016 yilda AQSh, Xitoy va Avstraliyada, 2017 yilda esa AQSh, Xitoy va Singapurda musobaqa o‘yinlari tashkillashtirildi. Bu yil Xitoyning o‘rniga Shvetsiya, Polsha, Avstriya, Italiya, Shveytsariya, Ispaniya va Portugaliya turnir geografiyasidan joy oldi.  Chempionatning jami 27 o‘yinidan 10tasiga Yevropa va Singapur, 17tasiga AQSh mezbonlik qiladi. Musobaqa 18 jamoa ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

O‘tgan safargi turnirlardan farqli ravishda, bu yil har bir klub uchtadan o‘yin o‘tkazadi va g‘olib faqat bitta bo‘ladi. Avvallari ishtirokchilar maydonga tushadigan o‘yinlar soni har xil bo‘lar, har bir hududning alohida chempioni e'lon qilinardi.

XChK-2018 20 iyulda boshlanib, 12 avgustga qadar davom etadi. Shundan so‘ng klublar milliy chempionatlar yoki yevrokuboklardagi rasmiy o‘yinlariga kirishishadi.

Xalqaro Chempionlar kubogi ishtirokchilari

AQShda o‘zaro o‘yin o‘tkazadigan klublar: «Milan», «Barselona», «Bavariya», «Benfika», «Borussiya» Dortmund, «Yuventus», «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Real», «Roma», «Tottenhem»

Yevropada quyidagi jamolar o‘zaro kurash olib boradi: Arsenal» London, «Atletiko», «Bavariya», «Benfika», «Chelsi», «Inter», «Lion», PSJ.

Singapurda ushbu to‘rtta klub yo‘l bir-biriga qarshi to‘p suradi: «Arsenal», «Atletiko», «Chelsi» i PSJ.

Audi futbol sammiti doirasida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar:

«Bavariya» — PSJ, 21 iyul

«Liverpul» — «Borussiya», 22 iyul

«Yuventus» — «Bavariya», 25 iyul

«Borussiya» — «Benfika» , 25 iyul

«Manchester Siti» — «Liverpul», 25 iyul

«Roma» — «Tottenhem», 25 iyul

«Milan» — MYu, 25 iyul

«Atletiko» — «Arsenal», 26 iyul

«Arsenal» — PSJ, 28 iyul

«Benfika» — «Yuventus», 28 iyul

«Chelsi» — «Inter», 28 iyul

«Bavariya» — «Manchester Siti», 28 iyul

«Barselona» — «Tottenhem», 28 iyul

PSJ — «Atletiko», 28 iyul

MYu — «Real», 31 iyul

«Tottenhem» — «Milan», 31 iyul

«Barselona» — «Roma», 31 iyul

Eusebio kubogi uchun bo‘ladigan bahslar:

«Benfika» — «Lion», 1 avgust

«Inter» — «Lion», 4 avgust

«Real» — «Yuventus», 4 avgust

«Milan» — «Barselona», 4 avgust

«Chelsi» — «Lion», 7 avgust

«Real» — «Roma», 7 avgust

«Atletiko» — «Inter», 12 avgust

Shuningdek, quyidagi alohida uchrashuvlar ham XChK taqvimiga kiritilgan:

«Manchester Siti» — «Borussiya», 20 iyul

MYu — «Liverpul», 28 iyul

«Arsenal» — «Chelsi», 1 avgust

Mavzuga oid