O‘zbekiston | 12:16 / 14.07.2018
61285
1 daqiqa o‘qiladi

Kattaqo‘rg‘on shahar IIB boshlig‘i ishdan olindi

Kattaqo‘rg‘on shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Ilyos Abduqahhorov ishdan bo‘shatilgan. Ichki ishlar vazirligi saytida keltirilgan ma'lumotga ko‘ra, podpolkovnik Farhod Eshboyevich Jo‘rayev Samarqand viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Jo‘rayev Farhod Eshboyevich

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 3 iyun kuni Kattaqo‘rg‘on shahar IIB binosida IIB Jinoyat-qidiruv bo‘limi tergovchisi San'at Umarov gumondor ayolni tahqirlab yechinishga majburlagandi.

O‘zbekiston IIV mazkur holatga munosabat bildirgan va San'at Umarov ichki organlari xodimlari safidan bo‘shatilganligini ma'lum qilgandi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Qodir Jo‘rayev Kattaqo‘rg‘onda yuz bergan voqeaga keskin munosabat bildirib, “shahar rahbarlari iste'fo berishi maqsadga muvofiq bo‘lishini” aytgandi .

Mavzuga oid