O‘zbekiston | 21:08 / 14.07.2018
73630
1 daqiqa o‘qiladi

Navbahor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari pora bilan qo‘​lga tushdi

Foto: KUN.UZ

Navoiy viloyati Navbahor tumani hokimining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Oybek Xairov kecha, 13 iyul kuni 6000 AQSh dollari miqdorida pora olayotgan vaqtda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Bu haqda Kun.uz tuman hokimligidagi o‘z manbasiga asoslanib xabar bermoqda.

Hokim o‘rinbosari tumanda baliqchilik bilan shug‘ullanish niyatida bo‘lgan tadbirkorga yer ajratib berish uchun yuqorida keltirilgan miqdorda pora so‘raganlikda ayblanmoqda.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, Oybek Xairov ayni paytdagi tuman hokimi Baxtiyor Bobonazarov bilan bu lavozimga kelgunlariga qadar tuman soliq idoralarida hamkasb sifatida ishlab kelgan.

Qayd etish o‘rinliki, Kun.uz muxbiri Navoiy va Buxoro viloyatlari aholisidan kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish maqsadida uch kunlik xizmat safarida bo‘lib qaytdi. Tez orada safar natijalari saytimizda e'lon qilinadi.

Mavzuga oid