Jahon | 11:40 / 16.07.2018
11477
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa kengashi raisi AQSh, Rossiya va Xitoyga chaqiriq bilan chiqdi

Foto:REUTERS/Thomas Peter

Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk AQSh, Rossiya va Xitoyni savdo urushlarini boshlamaslikka chaqirdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ayni damda Tusk va Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Pekinda XXR bosh vaziri Li Ketsyan bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Yevrokengash raisining so‘zlariga ko‘ra, hali “mojarolar va alg‘ov-dalg‘ovlikning oldini olish uchun vaqt bor”. Shuningdek, Tusk Rossiya, Qo‘shma Shtatlar va Xitoyni Jahon savdo tashkilotini isloh etishga chaqirdi.

Avvalroq, Xitoy savdo urushini boshlash AQShga o‘z iqtisodiy muammolariga yechim topishda yordam bermasligi haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid