O‘zbekiston | 08:50 / 18.07.2018
12806
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning yangi elchisi Fransiyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi etib tayinlangan Sardor Rustamboyev 17 iyul kuni Toshkentdan Parijga jo‘nab ketdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Sardor Rustamboyev bunga qadar TIVning Global siyosat va xavfsizlik bo‘yicha boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Sardor Rustamboyevni yangi lavozimga tayinlash haqidagi qaror 29 iyun kuni Senatning XV yalpi majlisida qabul qilingan edi.

Mavzuga oid