O‘zbekistonda elektromobillar uchun ilk quvvatlantirish stansiyalarini Siemens qurishi mumkin
Siemens Tashkent City’da elektromobillar uchun quvvatlantirish stansiyalari qurishni taklif qildi. Bu haqda Spot kompaniya xabariga asosan yozmoqda.
Kompaniya 17 iyul kuni «Toshkent Siti» XIM direksiyasi va loyiha investorlari uchun o‘z yechimlari taqdimotini o‘tkazgan.
Bu, xususan, aqlli elektr ta'minoti tizimi, binolar xavfsizligi va integratsiyalashgan avtomatlashtirish tizimlari, shuningdek, aqlli avtoturargohlar hamda boshqaruv, yo‘l va piyodalar harakati bo‘yicha yechimlardir. Elektromobillar uchun quvvatlantirish stansiyalari bo‘yicha ham yechimlar taqdim etilgan.
Xabar qilinishicha, Siemens binolar va shahar infratuzilmasi muhandislik tizimlarining barcha bosqichlari uchun kompleks yechimlarni taqdim etishga tayyor ekanligi aytilgan.
Mavzuga oid
22:23 / 02.05.2023
Siemens O‘zbekistonda ikkita IES quradi
09:51 / 22.07.2022
Reuters: Siemens turbinasi Moskvaning aybi bilan Germaniyada qolib ketdi
08:35 / 12.07.2022
Germaniya Kiyevning Siemens turbinalari Rossiyaga berilgani bo‘yicha tanqidiga javob qaytardi
08:13 / 29.06.2022