Jahon | 17:10 / 22.07.2018
5427
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya Janubiy Osetiya bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi

Khaled Abdullah/Reuters

Suriya tashqi ishlar vaziri Valid Muallim va qisman tan olingan Janubiy Osetiya respublikasi tashqi ishlar vaziri Dmitriy Medov ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilgani haqidagi kelishuvni imzoladi. Bu haqda Suriyaning SANA axborot agentligi xabar bermoqda.

Ikki mamlakat vazirlari o‘rtasidagi muloqot Janubiy Osetiya delegatsiyasining Suriyaga tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tgan.

Xabarda ta'kidlanishicha, uchrashuv paytida vazirlar bir qator sohalardagi ikki tomonlama aloqalar haqida muzokaralar olib borgan va bir qator sohalarda ikki tomonlama manfaatli shartnomalar imzolangan.

Avvalroq, Gruziyaning Suriya bilan diplomatik aloqalarni uzgani haqida xabar berilgan edi. Gruzinlarning bunday qarorga kelishiga Suriya tomonidan Abxaziya va Janubiy Osetiya respublikalarining tan olinishi sabab bo‘lgandi.

Mavzuga oid