Telegram faoliyatida uzilishlar ro‘y berdi
Downdetector portali bergan xabarga ko‘ra, Telegram messenjeri foydalanuvchilari undan foydalanishda muammoga duch keldi.
Tizimdagi uzilishlar 22 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00da Rossiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Misrda kuzatilgan. Shuningdek, AQShning bir nechta shtatlaridan ham messenjer ishidagi nosozliklar bilan bog‘liq shikoyatlar kelib tushgan.
Qayd etilishicha, foydalanuvchilarning 48 foizi xizmatga ulanish bilan bog‘liq muammoga duch kelishgan, 27 foizi ro‘yxatdan o‘ta olmagan bo‘lsa, yana 23 foiz foydalanuvchi xabarlar jo‘natish va qabul qilishda muammolarga duch kelgan.
Oxirgi marta Telegram ishida nosozliklar 1 iyul kuni ko‘zga tashlangan edi. O‘shanda messenjer Rossiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Fransiya davlatlarida ishlamay qolgan edi.
Mavzuga oid
23:08 / 04.10.2024
Telegram faoliyatidagi uzilishlarga Yaqin Sharqdagi jangovar harakatlar sabab bo‘lgani aytildi
17:47 / 02.10.2024
“Telegram foydalanuvchilari akkauntlari bo‘yicha hukumatdan so‘rov kelganini bila oladi” - Pavel Durov
15:30 / 26.09.2024
Pavel Durov fransuz tergovchilariga yiliga atigi bir dirham ishlab topishini aytgan - OAV
18:35 / 23.09.2024