Heyli: AQSh va Rossiya hech qachon do‘st bo‘lmaydi
AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni hech qachon Qo‘shma Shtatlarning «do‘sti» bo‘lmaydi. Bu haqda u CBN’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Heylining so‘zlariga qaraganda, Qo‘shma Shtatlar Rossiya va rossiyaliklar yetakchisi Vladimir Putinga ishonmaydi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ishonch bundan keyin ham bo‘lmaydi.
«Ular (Rossiya) hech qachon bizning do‘stga aylanmaydi. Bu shunchaki bor narsa», - deya ma'lum qildi Heyli.
Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kerak edi hamda «u o‘zini uzoq kuttirdi». Shuningdek, Heylining bildirishicha, AQShning Rossiya tomoniga nisbatan siyosatidan ko‘ngli to‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Trampning ishonchi puchga chiqqani, Vashingtonda vahima paydo bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
14:42
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024