Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashda Qirg‘iziston bilan kelishuvga erishildi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qirg‘iziston hukumati huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish davlat xizmati bilan mazkur yo‘nalishdagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma'lum qildi.
23 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlraga qarshi kurashish davlat xizmati (IJQKDX) raisi B.Tairov boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, IJQKDX delegatsiyasi Departament boshlig‘i A.Mavlonov bilan bo‘lgan uchrashuvda, Departamentning iqtisodiyot sohasida davlat manfaatlarini ta'minlash, tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash, korrupsiya, jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohalaridagi ishlari hamda faoliyatining boshqa ustuvor yo‘nalishlari bilan tanishdi.
Ma'lum qilinishicha, uchrashuv davomida tomonlar Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 oktabrdagi O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Toshkent shahrida imzolangan idoralararo hamkorlik to‘g‘risidagi Kelishuvni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashishdi.
Xususan, faoliyatning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha birgalikdagi tadbirlarni tashkil etish, tematik tadqiqotlarni o‘tkazish, transchegaraviy hamkorlikni mustahkamlash va boshqa o‘zaro manfaatli masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan Kelishuvni amalga oshirish bo‘yicha Chora-tadbirlar rejasini imzolashdi.
Mavzuga oid
16:44
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
17:21 / 06.11.2024