“Janob Prezident”. Shavkat Mirziyoyev ilk marta oilasi haqida gapirib berdi
Ilk marta Shavkat Mirziyoyev faoliyati to‘g‘risidagi 40 daqiqali film prezidentning tavallud ayyomida namoyish etilishi e'lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Matbuot xizmati Kun.uz'ga xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, ushbu film Shavkat Mirziyoyevning dastlabki tarixiy intervyusi asosiga qurilgan.
Unda O‘zbekiston xalqi hayotidagi eng muhim o‘zgarishlar, mamlakatimizning ichki siyosatdagi ustuvor maqsadlari, tashqi siyosatdagi pozitsiyasi haqida so‘z boradi.
Shuningdek, filmda Prezidentning bir yarim yil davomidagi shiddatli faoliyati haqida xalqaro ekspertlarning fikrlari o‘rin olgan. Ushbu filmda davlat rahbari bilan bevosita uchrashgan, muloqot qilgan fuqarolar taascurotlari bilan tanishasiz. Prezident ilk marta o‘z oilasi haqida hikoya qiladi.
G‘oya muallifi va badiiy rahbari - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Komil Allamjonov. Namoyish bugun, 24 iyul kuni soat 21:00da "Milliy" TV orqali, soat 22:00da esa O'zbekiston 24 orqali efirga uzatiladi. Shuningdek, filmni davlat rahbarining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasi orqali ham tomosha qilish mumkin.
Mavzuga oid
18:33 / 05.02.2024
Prezident Parij-2024 o‘yinlaridagi natijalar tarixdagi eng yaxshisi bo‘lishi uchun zarur choralar ko‘rishni buyurdi
18:30 / 05.02.2024
Dorilar bepul ajratilsa-da, bemorlar ularni dorixonadan 10 barobar qimmat sotib olmoqda - prezident
18:13 / 05.02.2024
Har bir ona va bola o‘limi favqulodda holat sifatida baholanadi - prezident
14:13 / 05.02.2024