Gibraltar bo‘g‘ozida 500dan ortiq muhojir qutqarib qolindi
Juma kuni Ispaniya qutqaruv xizmati xodimlari Gibraltar bo‘g‘ozi orqali qayiqlarda suzib o‘tishga uringan 500dan ortiq muhojir dengizda qolib ketganini payqab qolishdi.
Umumiy hisobda 505 kishi o‘tirgan 24 ta qayiq aniqlandi.
Payshanba kuni esa qutqaruv xizmati Gibraltar bo‘g‘ozida 314 kishi va Alboran dengizida 100 kishi qolib ketganini aniqlagandi.
Muhojirlarning O‘rta Yer dengizi orqali Ispaniyaga oqimi keyingi oylarda sezilarli ravishda oshdi. Agar 2017 yil davomida Ispaniyaga dengiz orqali 22,4 mingdan ortiq muhojir kelgan bo‘lsa, shu yilning yanvaridan iyuliga qadar 21 ming kishi, iyul boshidan buyon esa 5916 kishi kelgan, deyiladi Xalqaro migratsiya tashkiloti ma'lumotida.
Mavzuga oid
19:37 / 24.09.2024
Muhojirlardan himoyalanish uchun: Eron Afg‘oniston bilan chegarada devor qurmoqda
13:20 / 16.09.2024
Britaniyaga kirishga uringan 10 ga yaqin muhojir halok bo‘ldi
08:55 / 22.08.2024
Germaniya 2023 yilda noqonuniy muhojirlar uchun asosiy manzilga aylandi
12:02 / 18.06.2024