Jahon | 08:48 / 27.07.2018
10760
1 daqiqa o‘qiladi

Narkomafiya iskovuch itning hayoti uchun 70 ming dollar taklif qildi

Foto: Twitter.com/Policía Antinarcóticos

Giyohvand moddalarni olib o‘tish bilan shug‘ullanuvchi Kolumbiyadagi yirik guruh vakillari Sharpa laqabli politsiya itining hayoti uchun 200 mln peso miqdorida mukofot e'lon qilishdi. Bu haqda Tvnotas portali xabar bermoqda.

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, it xizmat vaqtida taxminan to‘qqiz tonna kokainni topishga muvaffaq bo‘lgan. Politsiyaga qarashli iskovuch itning bunday yutuqlari narkomafiyani shu darajada g‘azablantirdiki, hatto «Ko‘rfaz klani» guruhi yetakchisi Dario Usuga nemis ovcharkasining hayoti uchun 200 mln peso taklif qilgan.

Ta'kidlanishicha, politsiya narkomafiya tomonidan berilgan e'londan xabar topgach, huquqni muhofaza qilish organlari Sharpani Bogota aeroportiga xizmatga o‘tkazish haqidagi qarorga kelgan. Politsiyachilarning fikricha, itga bu yerda hech qanday tahdid bo‘lmaydi.

Mavzuga oid