Jamiyat | 18:38 / 27.07.2018
26190
1 daqiqa o‘qiladi
Ovsinlar o‘rtasidagi janjal o‘lim bilan yakun topdi
25 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida fojia yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, shu tumanda yashagan N.M. ismli ayol uyi orqa tomonida birga yashovchi ovsini A.O. bilan o‘zaro janjallashib, unga pichoq bilan o‘qtalgan va A.O., N.M.ning qo‘lini qayirib itarib yuborgan vaqtida pichoq uning chap oyoq qismiga kirib ketgan.
Natijada N.M. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay halok bo‘lgan. A.O. qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
17:40 / 14.11.2024
Buxoro amirligi davriga tegishli qadimiy tangalarni olib chiqib ketishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi
14:36 / 13.11.2024
Imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim bo‘lgan ko‘mirni sotayotgan shaxslar ushlandi
09:05 / 07.11.2024
Qashqadaryo viloyati hokimiga Britaniyadan maslahatchi tayinlandi
13:17 / 20.10.2024